
Ismoil Juraev
Ismoil Juraev 2009-yilda Toshkentdagi TIQXMMI Milliy tadqiqot Institutida bakalavr, 2012-yilda esa magistr darajasini olgan.
Agrar menejment bo‘yicha xalqaro MBA darajasiga ega va suv tejovchi texnologiyalar bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borgan. Oziqlantirish konseptlari yaratish, mijozlar bilan ishlash, hamda yangi mijozlar jalb qilish sohasida keng tajribaga ega.
Ismoil 2014-yildan beri PROFUMA Spezialfutterwerke GmbH & Co.
KG kompaniyasida yirik shoxli qoramollar bo‘yicha mutaxassis sifatida faoliyat yuritib, oziqlantirish konseptlari yaratish va mijozlarga maslahat berish bo‘yicha yetakchilik qilmoqda.
Otayor Sattorov Naslchilik – qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti sohasida katta tajribaga ega yuqori malakali mutaxassis.
U Toshkent Davlat Agrar Universitetida Agrar Iqtisodiyot bo’yicha bakalavr darajasini a’lo baholar bilan tamomlagan.
Keyinchalik Hochschule Weihenstephan-Triesdorfda Agrar Menejment bo’yicha xalqaro magistr darajasini olgan. Otayor qishloq xo‘jaligi va chorvachilik sohasida turli lavozimlarda ishlagan,
jumladan, besamungsbeauftragter sifatida inseminatsiya, fertilitatsiya nazorati va yangi mijozlarni jalb qilish kabi mas’uliyatli vazifalarni bajargan. U o’z sohasida yuqori samaradorlik bilan ishlash qobiliyati bilan ajralib turadi.

Otayor Sattorov

Bunyod Matyakubov
Bunyod Matyakubov — qishloq xo’jaligi sohasida katta tajribaga ega yuqori malakali mutaxassis.
U 2010-yilda Urganch Davlat Universitetining iqtisodiyot fakultetini tamomlagan va keyinchalik Hochschule Weihenstephan’da agrar menejment bo’yicha xalqaro magistr darajasini olgan. Bunyodning tajribasi fermer xo’jaliklarida ishlashdan tortib,
yangilangan energiya texnologiyalari bo’yicha loyihalarda ishtirok etishgacha bo’lgan keng ko’lamli sohalarni qamrab oladi. Hozirda u BV-Nordschwaben e.V. tashkilotida sun’iy urug’lantirish,
ovulatsiya diagnostikasi va homiladorlikni aniqlash bo’yicha besamungsbeauftragter sifatida faoliyat yuritmoqda.
Sanjar Mahkamov Germaniyaning PROFUMA Spezialfutterwerke GmbH & Co. KG va Sano-Moderne Tierernährung GmbH
kompaniyalarida yirik shoxli qoramollarni oziqlantirish bo’yicha mutaxassis.
Oziqlantirish konseptlari yaratish, mijozlar bilan ishlash, hamda yangi mijozlar jalb qilish sohasida keng tajribaga ega.
Agrar menejment bo‘yicha xalqaro MBA darajasiga ega va suv tejovchi texnologiyalar bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borgan. Ish tajribasi O’zbekistonda 5 va Germayida 10 yildan ortiq
